12:20 / 24.07.2019
2 846

Tezkor tadbir davomida 72 tup “kannabis” yo‘q qilindi

Tezkor tadbir davomida 72 tup “kannabis” yo‘q qilindi
Giyohvandlik hozirgi kunda inson hayotiga xavf solishi bilan bir qatorda eng jiddiy va global muammoga aylanib borayotgani hech kimga sir emas. Uning oqibatida qanchadan-qancha insonlar salomatligini yo‘qotib, ko‘plab oilalarning tinchi buzilmoqda.

Shu bois giyohvandlikka qarshi kurashish va bu illatning zararli oqibatlarini bartaraf etish maqsadida barcha huquqni muhofaza qilish organlari singari bojxona tizimida ham tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir fikrimizga amaliy misol bo‘ladi.

Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani hududida “Kvinsi” laqabli xizmat iti yordamida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro A.I.ga tegishli bo‘lgan dala maydonlari o‘zi va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, mazkur dala maydonlaridan jami 72 tup “Nasha” (Kannabis) giyohvand o‘simligi o‘sib turganligi aniqlanib, yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Shu o‘rinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi fuqarolardan shunga o‘xshash holatlar yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasining 11-08 yoki Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining (371) 235-07-61 raqamli ishonch telefonlariga murojaat etishlari mumkinligini eslatib o‘tadi. Ma’lumot bergan shaxslarning ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tezkor tadbir davomida 72 tup “kannabis” yo‘q qilindi