O‘zbekistonda jurnalist va blogerlarga bepul yuridik yordam ko‘rsatiladi

  • 24 iyul 2019, 14:50
  • 332
  • Jamiyat
  • O‘zbekistonda jurnalist va blogerlarga bepul yuridik yordam ko‘rsatiladi
    Foto: Google Images
    Jurnalist va OAV uchun «O‘zbekistonda media erkinligini ta’minlash borasida jurnalistlarning huquqiy savodxonligini oshirish» loyihasi doirasida 24 iyul kuni Huquqiy klinika ochilishiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar berdi.

    Huquqiy klinika «Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi» nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan O‘zbekistondagi Buyuk Britaniya elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan. Unga jurnalistlar, OAV xodimlari hamda blogerlar murojaat qilishi mumkin.

    «Huquqiy klinika jurnalistlar uchun OAV xodimlarini himoyasiga ko‘maklashib, ularning huquqiy savodxonligini oshirib, o‘zlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishlari uchun yuridik yordam berish muammosini hal qilishi kerak», — deb ta’kidlagan «Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi» rahbari Saida Sulaymonova.

    Huquqiy klinika jurnalistlar manfaatlarini sudlarda himoya qilmaydi, har qanday ko‘rinishdagi hujjatlar (xatlar, shartnomalar, e’tirozlar, da’vo va boshqa turdagi bayonotlar) tayyorlash bilan shug‘ullanmaydi, telefon orqali huquqiy maslahat bermaydi.

    Ta’kidlanishicha, huquqiy maslahatlar faqat oldindan ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy qabulga kelganlarga, shuningdek klinikaning legalclinic.uz saytiga onlayn murojaat qilinganda beriladi.

    » » O‘zbekistonda jurnalist va blogerlarga bepul yuridik yordam ko‘rsatiladi