16:53 / 24.07.2019
3 268

Mineral o‘g‘itlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Mineral o‘g‘itlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Bugungi kunda mineral o‘g‘itlarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanayotgan “uddaburon”lar to‘g‘risida keng jamoatchilikka qator targ‘ibot ishlari amalga oshirib kelinishiga qaramasdan, hanuzgacha bu kabi qonunbuzarliklar uchrab turibdi.

Jumladan, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Jizzax shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida, Jizzax shahrida harakatlanayotgan fuqaro T.U. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtoulov yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, 60 dona polietilen qoplarga joylangan jami 3 tonna “Ammiakli selitra” mineral o‘g‘iti borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mineral o‘g‘itlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi