16:30 / 24.07.2019
4 988

Oqil Salimov: "Shavkat Mirziyoyev oliy ta’limda aytgan islohotlarni o‘z vaqtida amalga oshirishning imkoni ham, iloji ham yo‘q edi"

Oqil Salimov: "Shavkat Mirziyoyev oliy ta’limda aytgan islohotlarni o‘z vaqtida amalga oshirishning imkoni ham, iloji ham yo‘q edi"
Foto: O‘zA
1987 yilda Oqil Salimov Irrigatsiya instituti rektori etib tayinlangan, o‘shanda Shavkat Mirziyoyev institutning partiya qo‘mitasi o‘rinbosari lavozimida ishlardi. Uning bu davrdagi faoliyati haqida akademik Oqil Salimov shunday xotirlaydi.

Bir kuni u shunday taklif bilan kirdi: «Institut potensialini ko‘tarish, ilmiy salohiyatini keskin rivojlantirish kerak». Buning uchun nimalar qilish kerakligini birma-bir sanab ketdi.

O‘sha paytlari bu aytilgan islohotlarni amalga oshirishning mutloq imkoni ham, iloji ham yo‘q edi. Ammo Shavkat Mirziyoyev aytganlarining barchasini amalga oshirib isbotladi. O‘sha paytlar Irrigatsiya instituti tom ma’noda mamlakatdagi yetakchi ilmiy dargohga aylangandi.

Buning uchun u nima qildi?

Shavkat Mirziyoyevning oliy ta’lim dargohiga malakali o‘qituvchilarni jalb qilish, ilmiy-amaliy laboratoriyalar, kafedralar tashkil qilish kabi vazifalarni yorqin ko‘rsatib bera oldi. O‘sha paytda asosan kun tartibida institutga eng qobiliyatli yoshlarni jalb etish, ularning umumiy madaniyatini yuksaltirish, institutning ilmiy salohiyatini rivojlantirish masalasi turardi.

Bu maqsadda institut huzurida maktab tashkil etildi. Eng qobiliyatli yoshlar saralab olinib, bu maktabda o‘qitilardi. Ta’kidlash joizki, ular institut auditoriyalari va ustaxonalarida tahsil olib, o‘sha paytdayoq oliy ta’lim tajribasini o‘zlashtirgan edilar.

Keyinchalik ushbu maktab ko‘plab iqtidorli yigit-qizlarni tayyorlagan litseyga aylandi.

Talaba va o‘qituvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish dolzarb ahamiyat kasb etayotgan edi. Ushbu masalani hal etish uchun barcha zarur mutaxassis va uskunalar, shu jumladan, rentgen xonasiga ega institut poliklinikasi tashkil etildi. Shu tariqa institut hududini tark etmagan holda talaba va o‘qituvchilarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi hal etildi. Hatto tutash dahalar aholisi ham bizning shifokorlarga murojaat etishni afzal ko‘rardi.

Shuningdek, sportni rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratilgan, xususan, futbol, voleybol, boks, kurash maydonlari va ringlari barpo etilgan hamda ta’mirlangan, suzish havzasi qurilgan. Bizning talabalar bir necha bor respublika musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallagan.

Shavkat Miromonovich o‘qituvchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlash haqida doim qayg‘urgan. Institut huzurida 3 ta do‘kon faoliyat yuritgan, u yerda xodimlar imtiyozli narxlar bo‘yicha kerakli mahsulotlarni xarid qilgan. Bunga institutning yirik kolxoz va sovxozlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosidagi aloqalari imkon yaratdi. Shuningdek, mahsulot ta’minotiga institutning Toshkent viloyatidagi o‘z ekin maydonlari va sut fermasiga ega o‘quv xo‘jaligi katta hissa qo‘shardi. Mahsulotlarning bir qismi, jumladan, guruch, shakar, sabzavotlar vaqti-vaqti bilan kasaba uyushmalari qo‘mitasi orqali bepul tarqatilardi.

Talabalarni tarbiyalashda o‘qituvchining tashqi ko‘rinishi ham muhim o‘rin tutadi, shuning uchun «Yulduz» tikuv fabrikasida kiyimlar tikilishi yo‘lga qo‘yilgan va yiliga ikki marta ular eng yaxshi ma’ruzachilarga mukofot tariqasida berilgan.

Ushbu davrda kolxoz va sovxozlarni fermer xo‘jaliklari qilib qayta tashkil etish masalasi hal etish jarayonida edi. Shuning uchun institutda fermerlarni tayyorlash uchun maxsus o‘quv dasturlari ishlab chiqilgandi. Ushbu imkoniyatdan institutning to‘liq o‘quv kursini o‘zlashtira olmagan talabalar ham foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.

Muntazam ravishda talabalarga umumiy va turmush madaniyati, jamiyatda, shaxsiy hayotda o‘zini tutish va boshqa qoidalarini singdirish bo‘yicha ishlar olib borilgan.

Men o‘shanda 60 yoshda edim, Shavkat Miromonovich 25 yoshda. O‘sha paytlari ham yosh bo‘lishiga qaramay, ko‘p masalalarda oliy dargohdagi mas’ul xodimlardan ko‘ra yaxshi bilimga egaligi chin ma’noda hayratda qoldirgan.

Ko‘pchilik qatori Shavkat Mirziyoyev uzoqni ko‘ra oladigan qobiliyat egasi ekanini ana o‘sha davrlarda sezgan edim. Bildimki, bu inson tengdoshlaridan ancha oldinda yurgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oqil Salimov: "Shavkat Mirziyoyev oliy ta’limda aytgan islohotlarni o‘z vaqtida amalga oshirishning imkoni ham, iloji ham yo‘q edi"