18:37 / 24.07.2019
2 642

Maqsad — qonun hujjatlari barqarorligi

Maqsad — qonun hujjatlari barqarorligi
Majburiy ijro byurosi Oltinko‘l tuman bo‘limi tomonidan sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosi majburiyatini ta’minlash bobida qator ijobiy ishlar amalga oshirilib, bu harakatlr albatta, o‘z natijasini bermoqda. Ushbu natijadorlik orqali, amaldagi qonun hujjatlarining ahamiyati ortib bormoqda va ular vositasida fuqarolarning haq-huquqlari e’tibor markazida bo‘lib turibdi.

Misollarga murojaat qiladigan bo‘lsak, sud qaroriga assoan qarzdor “Haqiqat Agrotexservis” MTAning mavjud soliq qarzdorligini undirish borasidagi ijro hujjatlariga asosan, MTPga tegishli xatlangan ma’muriy bino onlayn elektron auksion savdosiga qo‘yilib, sotuvdan kelib tushgan jami 76 million 803 ming 211 so‘m pul mablag‘i mashina-traktor parkining soliq qarzdorligi hisobiga o‘tkazildi.

Yana bir qarzdor “So‘lim avtosavdo” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi tuman davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 21 million 260 ming so‘m soliq qarzdorligi undirish ijro hujjati yuzasidan joriy yil 19 mart kuni qarzdorga tegishli bo‘lgan “Neksiya” avtomobili xatlandi.
Ijro harakatlari davomida ushbu avto rtansport vositalari elektron-onlayn auksion savdoga chiqarildi va sotildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maqsad — qonun hujjatlari barqarorligi