09:15 / 25.07.2019
4 038

Tojikistonlik ona-bola to‘rt nafar o‘zbekistonlikni Rossiyada quldek ishlatgan

Tojikistonlik ona-bola to‘rt nafar o‘zbekistonlikni Rossiyada quldek ishlatgan
Foto: «Vesti»
Moskva yaqinida yashovchi, asli tojikistonlik ona va o‘g‘li to‘rt nafar o‘zbekistonlik fuqaroga qullarcha munosabatda bo‘lib, dalada ishlatgan. Bu haqda «Vesti» nashriga asoslanib "Xabar" nashri ma’lum qildi.

Zamonaviy «krepostnoylik huquqi» Serpuxovo tumanida o‘tgan iyun oyida, 29 yoshli xo‘jayin O‘zbekistondan to‘rt kishini olib kelganidan keyin yo‘lga qo‘yilgan. U 15 kunga 250 dollardan haq to‘lash bo‘yicha va’dasida turmagan, kamiga uning 51 yoshli onasi kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish bahonasida o‘zbekistonliklarning pasportlarini olib qo‘ygan.

Oqibatda, deyiladi tergov qaydida, chorasiz qolgan migrantlar faqat qorin to‘yg‘azish uchun mehnat qilishga majbur bo‘lishgan.
O‘zbekistonliklar bir oydan ko‘p tekinga ishlashgan, keyin amallab politsiya bo‘linmasiga yetib olishgan.

Qilmishlari uchun ona va bola 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tergov talqiniga ko‘ra, ular bunaqa ishni birinchi marta qilayotgani yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tojikistonlik ona-bola to‘rt nafar o‘zbekistonlikni Rossiyada quldek ishlatgan