10:38 / 25.07.2019
2 613

Toshkent viloyatida QQS to‘lovchilar soni ortmoqda

Toshkent viloyatida QQS to‘lovchilar soni ortmoqda
Bugun joylarda Prezidentimizning 2019 yil 27 iyundagi “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi farmonida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati muhokasi yuzasidan turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, tadbirkorlar bilan muloqotlar tashkil etilmoqda.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan ham mazkur farmon ijrosini ta’minlash borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Viloyatning 22 ta shahar va tumanlarida turli tadbirlar o‘tkazildi, 5 marta yirik soliq to‘lovchilarning hisobchilari bilan uchrashildi. Bukletlar va ko‘rgazmali materiallar tayyorlandi.

Tashkil etilgan seminarlarda soliqqa tortish tizimini tubdan isloh etish, shu jumladan, soliqlar va majburiy to‘lovlarni qisqartirish, samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish nafaqat biznes vakillari, balki, fuqarolarning ish bilan band bo‘lishi va daromadi oshishiga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlanib, misollar orqali tushuntirildi.

Aytish kerakki, bugungi kunda hududda jami 64,7 mingta tadbirkorlik sub’ekti mavjud bo‘lib, ular chakana savdo, hunarmandlik, xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi. Ayni paytda viloyatda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘layotganlar soni 3 ming 550 dan ortiq. Joriy yilning 1 oktyabridan yana 2 ming 760 dan ortiq tadbirkor va fermer QQSni to‘lashga o‘tadi. Shuningdek, hududlarda fermer va tadbirkorlar bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda QQS xususida atroflicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 10 ta fermerga 1 ta malakali soliqchi ham biriktirildi.

2019 yil 1 oktyabrdan boshlab, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yoqilg‘i quyish stansiyalari orqali oxirgi iste’molchilariga sotadigan yuridik shaxslar, ushbu tovarlarni sotishdan tushumning miqdoridan qat’i nazar, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi, –deydi Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Alavutdin Inagamov.
– Shu bilan birga, tovarlarni import qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlari, tovarlarni (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushum miqdoridan qat’i nazar, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari sanaladi.

Joriy yilning 1 oktyabridan bosh¬lab o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan belgilangan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi. Endilikda tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar yetkazib berish bo‘yicha import shartnomalari yuzasidan muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun moliyaviy jazo qo‘llanilmaydi. Shu kabi buyumlarni yetkazib berish muddati ularning texnik xususiyatlari va o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda 180 kundan ortiq bo‘lsa ana shunday imkoniyatga ega bo‘ladi.

Soliq sohasida olib borilayotgan bu kabi islohatlarni tadbirkorlarga yetkazishda viloyatining barcha shahar va tumanilarida davlat soliq inspeksiyasi bo‘limlarining malakali xodimlaridan iborat maslahat guruhlari ham tashkil etilgan.

Muloqotlar chog‘ida tadbirkorlar ham o‘zlari faoliyat yuritayotgan yo‘nalishlarida soliq bo‘yicha uchrayotgan muammolar, qo‘shilgan qiymat solig‘ining ahamiyati qanday bo‘layotgani xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirayotganligi ahamiyatlidir.


Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida QQS to‘lovchilar soni ortmoqda