16:50 / 25.07.2019
3 391

Ijarachi tomonidan yashirilgan mashina Buxorodan topildi

Ijarachi tomonidan yashirilgan mashina Buxorodan topildi
Fuqaro D. Ubaydullayeva o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashinasini,fuqaro F. Qobilovga ijaraga beradi. Ijarachi esa kelishuvga zid ravishda ijara haqqini bermay qochib yuradi. Avtomashina egasi qochoq ijarachi ustidan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgan.

Sud ajrimiga asosan, qarzdor Qobilovdan, undiruvchi Ubaydullayeva foydasiga “DAIMLER BENZ” rusumli avtotrasport vositasiga nisbatan band solish va jarima maydonchasiga qo‘yish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Qibray tuman bo‘lim ish yurituviga kelib tushadi va shu kunni o‘zida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan.

Ijro harakatlarini amalga oshirish maqsadida, qarzdorning ijro hujjatida ko‘rsatilgan manziliga ishtirokida chiqilganda, avtotransport vositasi yo‘qligi aniqlangan va shu xaqida tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Bo‘lim davalt ijrochilari tomonidan,mazkur avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi IIBB YHXBga hamda MIB.ning tezkor qidiruv bo‘limi xodimlariga yuborilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, MIB.ning tezkor qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan avtotrasport vositasi, Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida topilgan.
Qidiruvdagi avtomashina tezkor qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan xatlanib, vaqtincha saqlashlik uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ijarachi tomonidan yashirilgan mashina Buxorodan topildi