1 milliard so‘mdan ziyod sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

  • 25 iyul 2019, 17:00
  • 468
  • Jamiyat
  • 1 milliard so‘mdan ziyod sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
    Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yurtimizga noqonuniy olib kirilishini oldi olishga qaratilgan ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Uychi tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

    Tadbirda, fuqaro U.M. boshqaruvidagi “Lasetti” avtomashinasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtomashinaning saloni hamda yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan qiymati 412,8 million so‘mlik 54 turdagi dori vositalari borligi aniqlandi.

    Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro M.Yo.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv davomida xonadonning orqa tomonidagi bog‘da qiymati 591,4 million so‘mlik 93 turdagi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.

    O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida umumiy qiymati 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
    Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    » » 1 milliard so‘mdan ziyod sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi