17:18 / 25.07.2019
2 892

Tamaki mahsulotlari “yashil” yo‘lakdan o‘tolmadi

Tamaki mahsulotlari “yashil” yo‘lakdan o‘tolmadi
Tamaki mahsulotlarini bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilish holatlariga bojxonachilar o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Jumladan, Samarqand xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro M.R. “yashil” yo‘lak orqali harakatlanar ekan, uning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi.

Natijada, fuqaroga tegishli yuklar belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruv jarayonida yuklar orasidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan umumiy qiymati 3,2 million so‘mlik 130 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.

Ta’kidlash joizki, Jismoniy shaxslar 10 qutigacha bo‘lgan tamaki mahsulotlarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tamaki mahsulotlari “yashil” yo‘lakdan o‘tolmadi