18:30 / 25.07.2019
2 819

OTMga kirish imtiyozlari soxta sertifikatlardan qanchalik himoyalangan?

OTMga kirish imtiyozlari soxta sertifikatlardan qanchalik himoyalangan?
25 iyul kuni Davlat test markazining chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi ishtirokida “Test sinovi o‘tkazishga oid davlat siyosati: abituriyent va pedagog xodimlarning chet tilini bilish darajasini baholash” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjuman davomida chet tilini bilish to‘g‘risida soxta sertifikatlarni tayyorlash “tendensiyasi” paydo bo‘layotgani, OTMlarda til bo‘yicha beriladigan imtiyozlarning bunday feyk hujjatlardan himoyalanganlik darajasi xususidagi Kun.uz muxbirining savoliga DTM mutasaddisi munosabat bildirdi.

Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi boshlig‘i Sardor Rajabovga ko‘ra, Davlat test markazining chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikati haqqoniyligini markazning rasmiy sayti (dtm.uz) orqali tekshirish mumkin. “Sertifikat nazorati” degan qismga sertifikatning shifr raqamini terish orqali hujjatning amal qilish muddati, kimga tegishli ekanligi haqida batafsil ma’lumot kelib chiqadi.

“IELTS, DSD, DaF imtihonlari, Gyote instituti sertifikatlarining haqqoniyligini internet orqali tekshirib bo‘lmaydi, buni faqatgina o‘sha davlat elchixonasi orqali amalga oshirish mumkin. Hujjatlarni topshirish jarayonida abituriyent til bilish to‘g‘risidagi sertifikatini taqdim etganida, tegishli til imtihonidan ozod etiladi.

Agar keyinchalik u talabalikka tavsiya etilsa, imtiyoz taqdim etuvchi hujjatlari oliy ta’lim muassasasida tekshiriladi, elchixonalarga so‘rov yuboriladi. Agar shu jarayonda sertifikatning feykligi tasdiqlansa, unga til imtihoni bo‘yicha berilgan maksimal ball olib tashlanadi”, ─ deydi Sardor Rajabov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » OTMga kirish imtiyozlari soxta sertifikatlardan qanchalik himoyalangan?