Bojxonachilar noqonuniy olib o‘tilayotgan tovarlarni to‘xtatib qolishdi

  • 25 iyul 2019, 20:30
  • 423
  • Jamiyat
  • Bojxonachilar noqonuniy olib o‘tilayotgan tovarlarni to‘xtatib qolishdi
    Bojxona xodimlari yurtimizga maishiy texnika buyumlarini noqonuniy olib kirilishiga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

    Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Sariosiyo” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelayotgan ayrim fuqarolarning “uddaburonligi” fosh etildi.

    Fuqarolar O.Q., X.O‘., N.T. lar qo‘shni mamlakatdan belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan, umumiy qiymati 10 million so‘mlik maishiy texnika tovarlarini bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlab olib o‘tishga uringanliklari aniqlandi.

    Yana bir holatda esa, fuqarolar U.X., R.M. va T.G.lar qiymati 9 million so‘mlik televizor va muzlatkichlarni bojxona chegaralaridan noqonuniy olib o‘tish chog‘ida bojxonachilar tomonidan to‘xtatib qolindi.
    Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    » » Bojxonachilar noqonuniy olib o‘tilayotgan tovarlarni to‘xtatib qolishdi