22:06 / 25.07.2019
2 659

Maishiy texnika tovarlarini bojxona chegaralaridan noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi

Maishiy texnika tovarlarini bojxona chegaralaridan noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
Bojxonachilar tomonidan maishiy texnika buyumlarini mamlakatimizga yashirin yo‘llar bilan olib kirilishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni mamlakat xududidan kirib kelgan fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarga chek qo‘yishdi.
Jumladan, fuqaro U.T. tegishli hujjatlari bo‘lmagan qiymati 16 million so‘mlik 585 dona osma ventilyatorlarni yurtimizga noqonuniy olib kirayotganligida to‘xtatib qolindi.

Yana bir holatda fuqaro D.M. belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda qiymati 10,8 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan konditsioner va mikserlarni noqonuniy ravishda olib o‘tishga uringanligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maishiy texnika tovarlarini bojxona chegaralaridan noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi