06:36 / 26.07.2019
3 501

Vorislik huquqi bo‘yicha muhim qo‘llanma

Vorislik huquqi bo‘yicha muhim qo‘llanma
Meros - mol-mulk bilan bog‘liq nizolar asosan qon-qarindoshlar ( ota (ona), farzandlar, aka-uka, opa-singil), ya’niki, bir oila a’zolari o‘rtasida yuzaga keladi.

Nizo - o‘zi nomi bilan nizoda. Shu bois meros nizosida vorislar o‘zaro kelishib olishi eng maqbul yechim hisoblanadi. Chunki nizolashish (sud tomonidan qonuniy yechim topilgan taqdirda ham) vorislar o‘rtasida qarindoshlik rishtalariga, mehr-oqibatga putur yetkazadi.

Jamiyat insonlar o‘rtasida sog‘lom munosabatlar qaror topishidan manfaatdordir. Zero, sog‘lom munosabatlar, sog‘lom oilalar - jamiyat negizini tashkil etadi.

Meros mulki bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha sud amaliyoti tahlilidan ko‘rinishicha, bu borada nizolarning kelib chiqishiga aksariyat holatlarda vorislarning amaldagi qonun talablarini bilmasligi yoki biri boshqasining huquqini tan olmasligi sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot Dasturining «O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik» qo‘shma loyihasi doirasida «Vorislik huquqi» amaliy qo‘llanmasi hamda «O‘zbekistonda meros huquqi» to‘plamini tayyorlanib, chop etdi.

«Vorislik huquqi» qo‘llanmasi - vorislik huquqi va uni himoya qilish, shuningdek meros bilan bog‘liq nizo kelib chiqishining oldini olish maqsadida keng xalq ommasi uchun tayyorlangan bo‘lib, unda qonun va vasiyatnoma bo‘yicha vorislik, vasiyatnoma va uning turlari, vasiyatnomani rasmiylashtirish tartibi va ahamiyati, merosni qabul qilish bilan bog‘liq tartib hamda huquq va majburiyatlar yuzasidan tushuntirishlar berilgan.

Kitob 10 bob va 23 paragrafdan iborat bo‘lgan qo‘llanmada vorislik huquqi bo‘yicha yuzaga kelgan huquqiy munosabatlarning xalqaro kelishuv va shartnomalar asosida tartibga solinishi borasida umumiy ma’lumotlar, meros huquqini amalga oshirish jarayonida tuziladigan hujjatlarning namunalari, ushbu masalaga oid sud qarorlari namunalari, sohaga taalluqli me’yoriy-huquqiy hujjatlardan ko‘chirmalar ham keltirilgan.

«O‘zbekistonda meros huquqi» to‘plamida esa meros qilib qoldirish mumkin bo‘lgan mulklar, vasiyatnoma tuzishning muhim jihatlari va tartibi, merosni egallash, notarial harakatlarni amalga oshirishda to‘lanadigan davlat boji miqdori va boshqa ma’lumotlar qiziqarli infografikalar, jadvallar, sxemalar va rasmlar yordamida aholining keng ommaga tushunarli tarzda bayon etilgan.

Qiziquvchilar ushbu nashrlar to‘liq matni bilan Oliy sudning www.sud.uz sayti orqali ham tanishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vorislik huquqi bo‘yicha muhim qo‘llanma