16:54 / 26.07.2019
3 117

DTM rahbari: «Bu yilgi test imtihonlarida o‘ringa-o‘rin kirish holatlari bo‘lmaydi»

DTM rahbari: «Bu yilgi test imtihonlarida o‘ringa-o‘rin kirish holatlari bo‘lmaydi»
Bir necha kunlardan keyin O‘zbekistondagi Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanadi. Xo‘sh, bu yilgi test imtihonlarining shaffofligi qay darajada, qanday ishlar amalga oshirildi, shuningdek, abituriyentlar uchun qulaylik va yangi imkoniyatlar nimalarda aks etadi?

Kun.uz shu va boshqa savollarga batafsil javob olish maqsadida Davlat test markazi rahbari Majid Karimov bilan suhbat tashkil qildi.

Suhbat davomida 2018 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga kirish imtihonlari jarayonida o‘ringa-o‘rin kirish holatlari kuzatilgani, mazkur holatlarning oldini olish borasida 2019 yil yuzni tekshirish texnologiyalari qay daraja takomillashtirilgani haqida so‘z bordi.

«Tan olish kerak, o‘tgan yil haqiqatan ham shunday holatlar kuzatildi. Bu yerda yuzni tekshirish vositasi umumiy baza bilan to‘liq bog‘lanmaganligi yoki bo‘lmasa avvalgi mahalliy baza bilan ishlanganligi bois kamchiliklar kuzatildi. Ushbu texnologiyada yuzni tanish aniqligi 85 foizgacha bo‘lishi kerak edi, ammo bu ta’minlanmadi.

Bu yil aniqlikni ta’minlash uchun yuz tuzilishi bo‘yicha barcha ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligi personallashtirish markazining biometrik parametrlari tomonidan baza to‘liq olindi. Hozirgi indefikatsiyalash jarayoni to‘liq shu baza yordamida amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda yuz tuzilishini aniqlash juda tez amalga oshiriladi. Ammo bu texnologiyani ham umuman kamchiliksiz deb bo‘lmaydi. Chunki juda o‘xshash yuz qiyofalar ham uchraydi.

Bu jarayonda muammoli vaziyat bo‘ladigan bo‘lsa, ikkinchi indefikatsiyalash jarayoni sifatida barmoq izlarini tekshirish usuli joriy etildi. Demak bu yil qandaydir shubhali vaziyat yuzaga kelsa abituriyent ikkita nazorat tekshiruvidan o‘tkaziladi», deydi Majid Karimov.

Haqli savol tug‘iladi: bu yilgi test jarayonlarida o‘ringa-o‘rin kirish holati kuzatilmasligi to‘la kafolatlanadimi?

«Albatta, bu yil shunday choralar ko‘rildiki, ikki karrali indefikatsiyalash jarayoni bo‘ladi. Biz o‘tgan yilgi kabi holatlar kuzatilmasligiga to‘la kafolat beramiz», dedi Davlat test markazi rahbari Majid Karimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DTM rahbari: «Bu yilgi test imtihonlarida o‘ringa-o‘rin kirish holatlari bo‘lmaydi»