20:34 / 26.07.2019
3 322

IIBB Sergelida bir kishining o‘limi bilan tugagan YTH haqida rasmiy ma’lumot berdi

IIBB Sergelida bir kishining o‘limi bilan tugagan YTH haqida rasmiy ma’lumot berdi
Joriy yilning 26 iyul kuni soat 07:20da Sergeli tumani Birodarlik ko‘chasida “Kobalt” rusumli avtomobil haydovchisi 55 yoshli A.Z. 33 yoshli K.N. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, YTH natijasida “Neksiya” rusumli avtomobil yo‘lovchisi 34 yoshli A.B. olgan tan shikastlari sababli voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

“Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi 33 yoshli K.N. va uch nafar yo‘lovchi (25 yoshli Z.M., 30 yoshli P.R., 27 yoshli D.N.), “Kobalt” rusumli avtomobil haydovchisi 55 yoshli A.Z. va 55 yoshli yo‘lovchi M.K. tan shikastlari olishgan bo‘lib, tibbiy yordam uchun murojaat qilganlar.

YTH sababi: “Kobalt” rusumli avtomobil haydovchisi qarama-qarshi harakat yo‘liga chiqib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIBB Sergelida bir kishining o‘limi bilan tugagan YTH haqida rasmiy ma’lumot berdi