22:15 / 26.07.2019
2 966

300 ming nafar pensioner pensiyasini plastik kartada oladi

300 ming nafar pensioner pensiyasini plastik kartada oladi
Bugun, 26 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligida Pensiya jamg‘armasi tomonidan prezidentning 2019 yil 12 iyuldagi PF-5765-son «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matubot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan Kun.uz muxbiri «Yuqoridagi farmondan kelib chiqib, respublika bo‘yicha bir oylik pensiya miqdorida qancha o‘zgarish bo‘ladi, ya’ni bu farmonning raqamlardagi ifodasi qanday?» degan savoliga Pensiya jamg‘armasining Mablag‘larni boshqarish va hisobini yuritish boshqarmasi boshlig‘i Nuriddin Shadixodjayev shunday javob berdi: «Aslida byudjet parametrlarida pensiyalarni 7 foizga oshirish ko‘zda tutilgandi.

Ammo prezident tashabbusi bilan bu ko‘rsatkich 10 foizga oshirildi. 2019 yilning 1 avgustiga qadar har oy pensiyalar uchun 2,1 trln so‘m mablag‘ sarflab kelingan. 1 avgustdan boshlab bu summaga yana o‘n foiz, ya’ni 210 mlrd so‘m qo‘shiladi.

Bundan tashqari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini yanada qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgani, jumladan II guruh nogironligi bo‘lgan yolg‘iz shaxslarning pensiyasiga ustama miqdori hozirgi eng kam ish haqining 50 foizidan 75 foiziga oshirilgani, I guruh nogironlik nafaqasi oluvchi, shu jumladan 16 yoshdan katta bolalikdan I guruh nogironlariga eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida, ya’ni 55 750 so‘m miqdorda oylik qo‘shimcha to‘lovlar joriy qilingani kabi islohotlar tufayli yil oxiriga qadar yana qo‘shimcha 53 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi».

«Pensionerlarning necha nafar plastik kartalardan foydalanadi?» deya so‘ralganida Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori o‘rinbosari Shuhratjon Davronov javob qaytardi: «Pensionerlarning o‘z pensiyalarini olishda plastik kartalaridan foydalanishlari ixtiyoriy, ya’ni hech kim bunga majburlay olmaydi. Hamma o‘ziga qulay variantni tanlashi mumkin. Bugungi kunda plastik kartalardan foydalanishdagi qator imkoniyatlar uchun 300 mingdan ortiq pensionerlarimiz o‘z pensiyalarini plastik karta orqali olishni ma’qul ko‘rgan».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 300 ming nafar pensioner pensiyasini plastik kartada oladi