09:10 / 27.07.2019
2 670

AQSh elchisi Namangan viloyatiga bordi

AQSh elchisi Namangan viloyatiga bordi
25 iyul kuni Namangan viloyati hokimligida viloyat hokimi Xayrulla Bozorovning AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi Daniel Rozenblyum bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Rozenblyum O‘zbekiston hududlari bo‘ylab tanishuv safarlarini amalga oshirmoqda, deb xabar qiladi Kun.uz nashri.

Viloyat hokimining qayd etishicha, elchining Namanganga tashrifi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yangi davrida doirasida ko‘ptomonlama munosabatlar va muloqotning rivojlanishi isbotidir.

AQSh elchisi, samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirar ekan, uning uchun mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar har tomonlama rivojlanib, mustahkamlanib borayotgan davrda O‘zbekistonda ishlash katta sharaf ekanini qayd etdi.

Tomonlar iqtisodiyot, investitsiya, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Foto: «Namanganskaya pravda» gazetasi
«Viloyat hokimligi hududga investorlarni jalb qilish uchun katta ishlarni amalga oshirmoqda. Investorlar nafaqat ma’muriy, balki soliq va bojxona imtiyozlari ko‘rinishida ham qo‘llab-quvvatlanadi», – degan Xayrullo Bozorov.

Rozenblyum respublikaning ulkan salohiyatini ta’kidlab, AQShda ko‘pchilik bundan bexabar ekanini afsus bilan e’tirof etdi.

«Biroq, biz Amerika biznesining O‘zbekistondagi mavjud imkoniyatlar haqida xabardorligini oshirishga harakat qilamiz», – deya qo‘shimcha qilgan elchi.

Uchrashuvdan so‘ng, AQSh elchisi Amerikaning dunyoga mashhur «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, LTD» QKga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSh elchisi Namangan viloyatiga bordi