16:09 / 27.07.2019
2 585

Gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishning salbiy oqibati...

Gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishning salbiy oqibati...
Gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish fuqaro S.F. uchun qonuniydir balki. Yoki iste’molchi oila byudjetiga 12 mln. so‘m zarar keltirishini bilganida qonun talablariga zid harakatlardan tiyilarmidi?

Xullas, Uchtepa tumani Yu.Sakkokiy ko‘chasidagi xonadonlardan birida yashovchi S.F.ning xonadonidagi energiya resurslari hisoblagichlari Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi davlat inspektori A.Alijonov tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilganda, iste’molchi S.F. o‘zboshimchalik bilan xonadondagi gaz hisoblash uskunasini yechib olib, tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib foydalanayotganligi aniqlanadi.

Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi tezkor sho‘’basi xodimlari tomonidan monitoring o‘tkazilganda, bu holat o‘z tasdig‘ini topadi va MJTKning 101-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganligi uchun “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari buzilganligi haqida” dalolatnoma tuzilib, iste’molchi S.F.ning xonadoni tabiiy gaz tarmog‘idan majburiy uzib qo‘yildi.

Iste’molchi keltirilgan zarar, ma’muriy jarima hamda gaz tarmog‘iga qayta ulanish uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida to‘lovni amalga oshirganligi sababli, endilikda tabiiy gazdan qonuniy foydalanishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishning salbiy oqibati...