Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahri Ashxobod ko‘chasida istiqomat qilgan aholi va shahar hokimligi o‘rtasida kelib chiqqan tushunmovchilikni joyiga chiqib o‘rganish, tahlil qilish va ijobiy hal etish uchun bosh vazir Abdulla Aripovga topshiriq bergan.
Kun.uz nashrining xabar berishicha, shunga muvofiq bosh vazir Angrendan Xorazmga yetib borgan. Chondirqiyot qishlog‘i hududiga ko‘chirib yuborilgan odamlar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashgan.
Ayni paytda aholiga kompensatsiya pullari o‘sha yerning o‘zida to‘lab berilmoqda.
Ma’lum qilishlaricha, hukumat joylarda obodonlashtirish ishlari, jumladan, buzilishlar yuzasidan bir guruh deputatlar tomonidan yuborilgan so‘rovni o‘rganib chiqmoqda, qonunchilikda belgilangan tartibda deputatlarga va jamoatchilikka bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?