Rishtonlik hajga borolmagan ayol pullarini uylari buzilayotganlarga ulashib berdi (video)

  • 28 iyul 2019, 13:15
  • 2 474
  • Jamiyat
  • Rishtonlik hajga borolmagan ayol pullarini uylari buzilayotganlarga ulashib berdi (video)
    «Farg‘ona press-klub»ning navbatdagi sessiyasi Rishtonda bo‘lib o‘tdi. Unda tuman markazidagi keng ko‘lamli qayta qurish ishlari, u bilan bog‘liq muammolar muhokama etildi.

    Rishtonlik Izroba Usmonova yillar davomida oila a’zolari bilan haj safariga boraman deb mablag‘ yig‘di. Navbati kelganda esa betob bo‘lib qoldi va jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

    Shifokorlar bu ahvolda hajga borishga izn bermadi. Shunda Izroba Usmonova haj harajati uchun yig‘gan mablag‘ini Rishtonda uyi qayta qurilayotgan xonadonlarga tarqatib berdi.

    — Operatsiya sabab ziyoratga borolmay qoldim. Shu pulim turmasin, xalqqa beray dedim. Bu daryodan tomchi bo‘lsa ham uylari buzilayotgan, qurilish bilan ovora odamlarga yordam bo‘lar, deb o‘yladim, — deydi Izroba Usmonova.

    «Farg‘ona press-klub»da yig‘ilganlar «Izroba opa Makkaga bormay haj savobini oldi», degan fikrlarni bildirdi.

    » » Rishtonlik hajga borolmagan ayol pullarini uylari buzilayotganlarga ulashib berdi (video)