17:52 / 28.07.2019
3 530

Yangi tizim: hokimlar endi uy buzish uchun hukumatdan ruxsat oladi

Yangi tizim: hokimlar endi uy buzish uchun hukumatdan ruxsat oladi
Kecha, ya’ni 27 iyuldan boshlab mulk buzish masalalari bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Bu haqda Bosh vazir Abdulla Aripov kechagi yig‘ilishda aytib o‘tgan.

Bosh vazirning aytishicha, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari buzilishi rejalashtirilgan hududni oldindan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishadi.

Xabar.uz nashrining ma’lum qilishicha, yig‘ilishda ayrim vazirliklarga bir qator topshiriqlar berilgan. Xususan:

- Qurilish vazirligi respublika bo‘yicha barcha bosh rejalarni qayta ko‘rib chiqib, ularni ishlab chiqishda turar va noturar joylar buzilishini minimal darajaga keltiradi;

- Adliya vazirligi turar va noturar joylarni buzish va kompensatsiya to‘lovlarini qoplash bilan bog‘liq mavjud normativ-huquqiy hujjatlarni qayta xatlovdan o‘tkazib, ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha hukumatga taklif kiritadi.

Videoselektorda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga bugundan boshlab qonunchilik talablariga asosan kompensatsiya to‘lanmagan va oldindan ogohlantirilmagan turar va noturar joylarni buzishni to‘xtatish buyurilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi tizim: hokimlar endi uy buzish uchun hukumatdan ruxsat oladi