21:42 / 28.07.2019
3 110

DTM abituriyentlardan yig‘ib olgan 53 milliard so‘m pulini nimaga ishlatmoqchi?

DTM abituriyentlardan yig‘ib olgan 53 milliard so‘m pulini nimaga ishlatmoqchi?
Bu yilgi test sinovlarining nazorat ishlariga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarda faoliyat yuritayotgan 5 ming 232 nafar pedagog xodim jalb etilgan bo‘lib, jarayon boshlanishidan oldin nazoratchilar uchun malakali mutaxassislar tomonidan maxsus seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilgan. Bu haqda bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat test markazi rahbari Majid Karimov ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, ikki smenali tarzda ish olib boradigan har bir nazaratchi uchun tushlik hamda bir smenalik ish haqi 92 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ni DTM to‘lab beradi.

Joriy yilda abituriyentlar hujjat topshirishda tarixida ilk bor belgilangan tarif asosida pul mablag‘i to‘ladi. Xo‘sh, bu qaysi mezonlar asosida amalga oshirildi va bu pullar nimalarga sarflanadi?

Davlat test markazi rahbari bu savolga joriy yilgi qabulda xorijiy tillar bo‘yicha xalqaro sertifikat olgan abituriyentlarning test sinovlaridan ozod qilish imtiyozi berilgani, jahonning turli mamlakatlarida masalan Germaniyada ta’lim quyi bosqichdan yuqori bosqichga qadar mutlaqo bepul ekani, Turkiyada esa o‘qishga hujjat topshirish, lavozimdan lavozimga o‘tishdagi malakaviy testlargacha pullik ekani va umuman ta’lim tizimi murakkabliklaridan kelib chiqib, har xil yondashuvga egaligini ta’kidladi.

Majid Karimovga ko‘ra, joriy o‘quv yilida abiturentlardan oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda tushgan pul mablag‘i 53 milliard so‘mni tashkil etadi va bu mablag‘ test sinovlari o‘tkaziladigan vazirliklar tasarrufidagi sport va ko‘rgazma zallari, boshqa binolarning ijarasiga, abituriyentlar uchun ruchkalar, ichimlik suvi, test o‘tkaziladigan zallarni shamollatish moslamalari, kuzatuv kameralari xarid qilishga hamda nazoratchilarning smenali ishiga sarflanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DTM abituriyentlardan yig‘ib olgan 53 milliard so‘m pulini nimaga ishlatmoqchi?