18:48 / 28.07.2019
3 530

Uchtepada xonadon tomi yonib, yong‘in qo‘shni uylarga ham o‘tdi

Uchtepada xonadon tomi yonib, yong‘in qo‘shni uylarga ham o‘tdi
Foto: Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
28 iyul kuni soat 13:58 da Uchtepa tumani, Bayroq 3-tor ko‘chasi, 5a-uyning shifti va tomi 30 kvadrat metri yonib, yong‘in tarqalishi oqibatida qo‘shni xonadonlarning tom qismi jami 120 kvadrat metr maydonida zarar ko‘rgan. Bu haqda Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Yong‘indan uylarning 590 kvadrat metr maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan.

Jangovar bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 14:03 da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 14:20 da qurshab olinib, 11 daqiqadan so‘ng bartaraf etilgan. Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan. Yong‘inda insonlar halok bo‘lishi va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uchtepada xonadon tomi yonib, yong‘in qo‘shni uylarga ham o‘tdi