14:48 / 29.07.2019
2 958

O‘zganing Captiva avtomashinasini sotgan firibgar qo‘lga olindi

O‘zganing Captiva avtomashinasini sotgan firibgar qo‘lga olindi
2019 yil 28 iyul kuni Toshkent shahrining Olmazor tuman IIBdan hujjatlar tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ularga ko‘ra, shu yil 10 aprel kuni Uchtepa tumanida yashovchi 26 yoshli Sh.U. Sag‘bon ko‘chasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shahobchasida tanishi, Uchtepa tumanida yashovchi 44 yoshli J.Sh.ga MChJga tegishli Captiva rusumli avtomashinasini o‘ziga tegishli ekanligini aytib, aldab ishonchiga kirib, avtomashinani 15000 AQSh dollariga sotishni kelishib, oldindan 10500 AQSh dollarini J.Sh.dan olganligi va shu kunga qadar avtomashinani J.Sh. nomiga rasmiylashtirib bermasdan, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. Sh.U. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zganing Captiva avtomashinasini sotgan firibgar qo‘lga olindi