18:05 / 29.07.2019
3 065

Xuddi sobiq SSSR davridagi kabi: barcha mahallalarda radiouzellar tashkil qilish taklif etildi

Xuddi sobiq SSSR davridagi kabi: barcha mahallalarda radiouzellar tashkil qilish taklif etildi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida mahallalarda radiouzellar tashkil qilish haqida petitsiya joylashtirildi.

Qayd etilishicha, hozirgi zamonda televideniye yoki internet orqali uzoqda bo‘lgan davlatlarda qanday voqea va hodisalar yuz berayotgani haqida tezkor xabardor bo‘lishning imkoni bor, lekin o‘zimiz yashab turgan mahallada qanday yangiliklar bo‘layotganini o‘z vaqtida bilishning imkoni yo‘q.

“Avvallari, tuman markazidagi radiouzeldan kunda bir bor yangiliklar berib borilar edi. Mahalliy hokimiyat organlarining murojaati bo‘lsa, har bir xonadonga o‘rnatilgan radio orqali darrov eshitishning imkoniyati bor edi. Hozirgi vaqtda mahallalarda to‘y-hashamlar va turli marosimlarni tartibga solish uchun fuqarolar bilan maslahatlashishda mahalla raislarining aholi bilan ochiq muloqoti uchun yetarli sharoit yo‘q. Buning uchun aloqa vositasining o‘zi yo‘q. Har doim ham hammani yig‘ib gaplashish uchun imkoniyat va shart-sharoitlar bo‘lavermaydi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Ta’kidlanishicha, yuqorida keltirilgan muammoni hal qilish uchun har bir mahallada alohida radiouzel tashkil qilish kerak. O‘sha radiouzel orqali hech bo‘lmaganda haftada 2-3 marotaba (har kuni bir marotaba bo‘lsa ham) bir xil vaqtda mahalladagi yangilik va e’lonlarni berib borish, har bir xonadonga o‘rnatilgan radiopriyomnik orqali mahalliy yangiliklardan xabardor bo‘lish barcha uchun foydali ekani aytiladi.

“Bu, o‘z navbatida, mahalla va fuqarolar o‘rtasida yanada yaqin aloqa bo‘lishiga xizmat qiladi. Fuqarolar ham yangiliklardan o‘z vaqtida xabar topishadi”, - deyiladi petitsiyada.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xuddi sobiq SSSR davridagi kabi: barcha mahallalarda radiouzellar tashkil qilish taklif etildi