20:15 / 29.07.2019
3 110

Odamlar orasida hamma narsa pala-partish...

Odamlar orasida hamma narsa pala-partish...
Hech e’tibor berasizmi, tabiatda hammasi joyida:
– hech bir eshak otlar uyuriga yetakchi bo‘lishga urinmaydi;
– hech bir qo‘ng‘iz asalarilarga bol yig‘ishdan va’z o‘qimaydi;
– hech bir toshbaqa sirtlonlarning tez chopish salohiyatini muhokama qilmaydi;
– hech bir kapalak o‘zini chumolilardan ko‘ra mehnatkash hisoblab, lof urmaydi;
– hech bir it arslonga aql o‘rgatmaydi;
– hech bir daraxt o‘z mevasini o‘zi yemaydi;
– hech bir gul o‘zi uchun ifor sochmaydi;
– hech bir giyoh o‘zi o‘sgan yerning nobopligidan shikoyat qilmaydi...

Odamlar orasida esa hamma narsa pala-partish, hech kim o‘z o‘rnida emas:
– nomussizlar iffatlilarga axloqdan o‘git beradi;
– miyasi tuzukroq ishlamaydigan odamlar oqillarga bosh bo‘lish harakatida;
– o‘g‘rilar to‘g‘rilarga adolatdan bahs etadi;
– yolg‘onchilar haqgo‘ylarga haqiqatdan va’z o‘qiydi;
– omilar ziyolilarga aql o‘rgatadi;
– bilmaydiganlar bilgichlarni poygakda qoldiradi;
– hech narsa yaratmaganlar yaratilganlarga xo‘jayinlik qiladi...

«Axir ular samovot va Yer mulklari haqida, Alloh yaratgan narsalar to‘g‘risida va ajallari yaqinlashib qolgan bo‘lishi mumkinligi xususida o‘ylamaydilarmi?!» («A’rof» surasi, 185-oyat).
Dilfuza Komil

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Odamlar orasida hamma narsa pala-partish...