18:38 / 30.07.2019
3 012

IIBB: Farzandini avtomobil oynasiga mindirgan onaga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi

IIBB: Farzandini avtomobil oynasiga mindirgan onaga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi
Telegram kanallardan birida video e’lon qilindi. Unda “Spark” rusumli avtomobil yo‘lovchisi oynada o‘tirgan holda ketayotgani aks etgan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, haydovchi va yo‘lovchining shaxslari aniqlandi. Avtomobilni 44 yoshli N.B. boshqarib borgan bo‘lsa, oynada o‘tirgan qiz uning 9 yoshli farzandi bo‘lgan.

Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi (“Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi”) 4-qismi (“Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish”) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilgan bo‘lib, eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIBB: Farzandini avtomobil oynasiga mindirgan onaga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi