3 325
Saida Mirziyoyeva: «Aholini rezonansli voqealardan tezda xabardor qilmagan amaldor jazolanishi kerak»
Foto: «Facebook»
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva «Facebook»dagi sahifasida davlat organlari matbuot xizmatlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishiga doir fikrlarini yozdi.
«Bugun Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezidentning 27 iyun kuni qabul qilingan matbuot xizmatlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorining ahamiyati, ayniqsa, jahonda kechayotgan axborot qarama-qarshiligi sharoitida ularning birinchi manba sifatidagi roli, davlat axborot siyosatini amalga oshirishdagi mavqeini yuksaltirish muhim ekani ta’kidlandi.
Foto: «Facebook»
Yig‘ilishda davlat organlarining axborot faoliyatidagi kamchiliklari ko‘rsatib o‘tildi, matbuot xizmatlarining ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlardagi ishtiroki sustligi qayd etildi. Natijada davlat organlari katta ishlarni amalga oshirayotganiga qaramay, olib borilayotgan islohotlarning mohiyati hamda Prezident va hukumat qabul qilayotgan qarorlar ahamiyati to‘g‘risidagi axborotni, ular berayotgan bayonotlarning asosiy mazmuni ichki va xorijiy auditoriyaga to‘liq yetkazilishi ta’minlanmayapti» deb yozadi Mirziyoyeva.
Foto: «Facebook»
Tadbir yakunida Axborot sohasidagi yagona davlat siyosati konsepsiyasini tez fursatda qabul qilish, matbuot xizmatlarining media makonidagi ishtirokini kengaytirish, ular huzurida ekspertlar va jurnalistlar guruhlarini tashkil etish, rezonansli voqealar ro‘y berganda davlat organlari rahbarlarining tezkor chiqishlarini uyushtirish, shuningdek, aholini qisqa fursatlarda xabardor qilish masalasiga e’tiborsiz bo‘layotgan mansabdor shaxslarga nisbatan chora ko‘rish mexanizmini ishlab chiqish yuzasidan takliflar bildirildi, deyiladi yakunda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi