13:02 / 31.07.2019
3 615

Nega plastik idishdagi suvni mashinada qoldirish yaramaydi?

Nega plastik idishdagi suvni mashinada qoldirish yaramaydi?
Foto: «Telegram»
Yo‘lga chiqishdan oldin, ayniqsa, yozda, deyarli har bir haydovchi o‘zi bilan toza suv oladi. Axir busiz iloji yo‘q-da! Birdan chanqab qolsa, uyga yetib olish uchun ancha-muncha yo‘l bosishi kerak. Bir qarashda, buning nimasi yomon: mashinaga plastik idishdagi suvni tashlab qo‘yasiz-da, yo‘lga tushasiz...

Biroq yong‘in xavfsizligi xodimlari bu odatga bir tomonlama qaramaslikni taklif etmoqda. Jazirama quyosh tig‘ida mashina saloni qay darajada qizib ketishini hamma yaxshi biladi. Havo harorati 22—35 daraja issiq bo‘lganida avtomobilning saloni 45—55 darajagacha qizib ketishi hech kimga sir emas. Aynan shuning uchun ham mashina salonida zinhor bolalarni, uy hayvonlarini, hatto plastik idishdagi suvni qoldirib bo‘lmaydi.

Birinchi ikkitasi nima uchunligi aniq, ammo nega suvli plastik idishni qoldirib bo‘lmaydi?

Amerika yong‘in xavfsizligi xodimlari tajriba o‘tkazishdi: ular ichiga suv to‘ldirilgan shaffof plastik idishni mashinaning quyosh nurlari tushadigan joyida qoldirishdi. Natijada idish kattalashtiruvchi oyna (lupa) funksiyasini bajarib, o‘rindiqda yong‘in kelib chiqqan.

Masalan, muhandis Dioni Amuchastegi ham buni o‘z tajribasida ko‘rdi. U shunchaki avtomobilida nonushta qilib o‘tirganida to‘satdan kuyindi hidini sezib qolgan. Buni qarangki, plastik idishdan o‘tayotgan quyosh nuri o‘rindiq qoplamasini kuydira boshlagan va qisqa muddatda kichik tuynukcha hosil qilishga ham ulgurgan. Xayriyatki, Dioni shu yerda bo‘lgan, aks holda...

Ehtiyot bo‘ling va yaqinlaringizni hamda do‘stlaringizni ogohlantiring! Umuman, plastik idishlardan kamroq foydalanishga harakat qiling. Shunda o‘zingizni ham, ekologiyani ham xavf-xatarlardan asraysiz.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nega plastik idishdagi suvni mashinada qoldirish yaramaydi?