20:46 / 31.07.2019
3 354

Toshkentda 99-marshrutka «KamAZ» va treyler bilan to‘qnashdi

Toshkentda 99-marshrutka «KamAZ» va treyler bilan to‘qnashdi
Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Ohangaron shossesida «Gazel» rusumidagi avtomobil (99-marshrutka) yo‘l chetida to‘xtab turgan «KamAZ» rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda IIBB xabarida aytiladi.

Shundan keyin «Gazel» harakatlanishda davom etgan, ammo treyler bilan to‘qnashib, yonboshiga ag‘anab ketgan.
YTH chog‘ida mikroavtobusda bo‘lgan 12 nafar yo‘lovchi va haydovchi tan jarohatlari olgan va tibbiy yordamga murojaat qilgan. Qurbonlar yo‘q.

YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 99-marshrutka «KamAZ» va treyler bilan to‘qnashdi