21:30 / 31.07.2019
3 393

Olti oyda 661 mansabdorga ish ochildi. Ular qancha pulni «yeb yuborgan»?

Olti oyda 661 mansabdorga ish ochildi. Ular qancha pulni «yeb yuborgan»?
Foto: Google.com
Joriy yilning o‘tgan davrida jami 661 nafar turli toifadagi mansabdor shaxslarga nisbatan 590 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. ayni paytda 398 ta jinoyat ishi bo‘yicha 537 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Qolgan jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari, adliya maslahatchisi Hayot Shamsutdinov.

Uning alohida ta’kidlashicha, jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 25 nafari respublika, 36 nafari viloyat va 476 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirliklar, idoralar hamda korxona va tashkilotlarda ishlab kelgan.

Mazkur jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln. 665 mlrd. 757 mln. 196 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Tergov jarayonida ushbu zararning 1 trln. 621 mlrd. 503 mln. 587 ming so‘mi yoki 97,3 foizi undirilgan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan xodimlarning 250 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 48 nafari soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash, 71 nafari pora olish-berish yoki unda vositachilik qilish, 51 nafari firibgarlik, 23 nafari mansabni suiiste’mol qilish, 18 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, 4 nafari mansabga sovuqqonlik, 7 nafari mansab soxtakorligi va 65 nafari boshqa jinoyatlari uchun javobgar bo‘ldi.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olti oyda 661 mansabdorga ish ochildi. Ular qancha pulni «yeb yuborgan»?