10:38 / 01.08.2019
2 848

Samarqandda «konvert» usulida maosh olgan qariyb 53 ming xodim faoliyati legallashtirildi

Samarqandda «konvert» usulida maosh olgan qariyb 53 ming xodim faoliyati legallashtirildi
Samarqand viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 12,079 korxona tomonidan 52,665 nafar ishchi-xodim tegishli buyruqlar asosida rasmiylashtirildi, deb xabar beradi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

Buning natijasida byudjetga qo‘shimcha 3,4 mlrd so‘m soliq hisoblandi.
Xususan, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 4 239, ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda 7 727, qurilish korxonalarida 5 086 nafar xodim rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi va boshqa korxonalarda 35 613 nafar ishchi-xodim rasmiylashtirildi. Samarqand shahridagi qurilish sohasida faoliyat olib boruvchi «Anvar Zamon Nur» MChJ o‘z hisobotlarida 12 nafar ishchini ko‘rsatib kelgan. Mazkur korxona qo‘shimcha yana 22 nafar ishchini ro‘yxatdan o‘tkazdi. «Radjabov Farid Stroy» MChJ esa qo‘shimcha 16 nafar ishchini rasmiylashtirdi.

Shuningdek, transport xizmati ko‘rsatuvchi «Yasmira» mas’uliyati cheklangan jamiyatida 12 nafar ishchi ro‘yxatga oldirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda «konvert» usulida maosh olgan qariyb 53 ming xodim faoliyati legallashtirildi