3 237
Jamshid Qo‘chqorov: «Dollar Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 so‘mdan olingan, lekin kimlardir 4000 so‘mdan ham olgan»
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, "O‘ztransgaz" AJ va "O‘zbekenergo" AJ mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz nashrining xabar berishicha, matbuot anjumanida energoresurslar narxining oshishi mavzusida so‘z yuritildi. Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, AI-80 benzini yangi narxini AQSh dollariga aylantirsa 57 sentni tashkil etmoqda.
«BAAda benzin 62 sent, Saudiya Arabistonida 58 sentni tashkil etadi. To‘g‘ri, BAA va Saudiyada maosh ham baland bo‘lishi mumkin, lekin Saudiya Arabistoni, Amirlikda 10 yil avval benzin juda arzon edi. Nega hozir narx bunday qilib qo‘yildi? Ular islohotlarning boshida aholi uchun energoresurslarga bozor narxlari o‘rnatdi, shundan so‘ng sarmoyadorlar kela boshlagan.
Biz hozir benzin narxini 4500 so‘m etib belgilagan bo‘lsak ham, 2017 yil Buxoroda kuzatilgan 6000 so‘mlik narxga yetganimiz yo‘q. O‘sha holat ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. Bozor iqtisodiyotining ma’nosi - tarozini to‘g‘rilash. Oldin AQSh dollarini 4000 so‘mdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming so‘mdan olganmiz. Lekin kimlardir dollarni 4000 so‘mdan olgan. Ya’ni, bozor tarozisi buzilgan. Bozor iqtisodiyoti bunga chidamaydi, qopga solib qo‘ysangiz ham u qadalib chiqaveradi. Qachonki, barcha narx-navo erkin bo‘lmaguncha», - dedi Jamshid Qo‘chqorov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi