20:33 / 01.08.2019
2 838

Vazir: Mehnat muhojirlari har yili O‘zbekistonga 5 milliard dollar yubormoqda

Vazir: Mehnat muhojirlari har yili O‘zbekistonga 5 milliard dollar yubormoqda
Bugun, 1 avgust kuni Xalqaro press-klubda «O‘zbekistonda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishning yangi tizimi: xalqaro hamkorlik, ustuvor vazifalar va muammolar tahlili» mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev ham chiqish qildi.
«Bugungi kunda 2 million 600 mingga yaqin fuqarolarimiz chet elda mehnat qilmoqda. Shundan 83 foizi, ya’ni 2 milliondan ortiq fuqarolar Rossiyaga to‘g‘ri keladi.

Har yili mehnat muhojirlarimiz tomonidan 5 milliard AQSh dollariga yaqin mablag‘ mamlakatga yuborilmoqda. Bu har qanday eksport tarmog‘idan ko‘p degani.

Biz ichki ishlar vazirligi, tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda birgina Rossiyaning o‘zidan 1314 nafar fuqarolarimizni vaqtincha ushlab turish joylaridan qaytarib olib keldik. 12774 nafar fuqarolarimizga Rossiyada konsultatsiya berish orqali 296 ming AQSh dollariga teng mablag‘ni tiklab berdik. 164 mingta imtiyozli narxlarda fuqarolarga samolyot, poyezd chiptalari olib berdik», deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

Foto: Xalqaro press-klub
Ushbu sessiyada odam savdosi bo‘yicha o‘z vakolat doirasida Oliy sud raisi Kozimjon Komilov ham bir necha raqamlar va ma’lumotlar taqdim etdi.

«Odam savdosi bo‘yicha jinoiy ishlar miqdori pasaymoqda. 2017 yilda bu ko‘rsatkich 401 nafar, 2018 yilda 234 nafar, bu yilgi 6 oylik ichida 70ta bunday ishlar taqdim etilgan. Bu 70ta jinoiy ishning 55tasini ayollar sodir etgan. Shuningdek, 70 foiz ishlarda jabrlanuvchilar ham ayollardir», deydi Oliy sud raisi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vazir: Mehnat muhojirlari har yili O‘zbekistonga 5 milliard dollar yubormoqda