2 790
Test sinovlarining uchinchi kunida 1570 nafar abituriyent sinovga kelmadi, 54 nafari chetlatildi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov kecha – 31 iyul kunidagi test sinovlari natijalari haqida ma’lumot berdi.
Ikki smenada tashkil etib kelinayotgan test sinovlarida 71 ming 340 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan 1 ming 570 nafar abituriyent test sinovlariga kelmagan.
Test sinovlari tartib-qoidalarini buzgani sababli 18 nafar abituriyent hududga kirish joyida, 36 nafari binoda qoidani buzgani uchun test sinovlaridan chetlashtirilgan.
Uchinchi kunda kunduzli ta’lim yo‘nalishida eng ko‘p ballni yana O‘zbekiston milliy universitetining Matematika yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyent to‘plagan — 181,6 ball. Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha esa Qarshi davlat universitetining Informatika fakultetiga hujjat topshirgan abituriyent yetakchi — u 136,6 ball yig‘a olgan.
Kechki ta’lim yo‘nalishida esa Samarqand davlat universitetining Amaliy matematika va informatika fakultetiga hujjat topshirgan abituriyent eng ko‘p ball — 135,8 to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?