12:40 / 02.08.2019
3 462

AI-91 rusumli benzin bozor narxlarida baholanadi. Uni kimlar sotib oladi?

AI-91 rusumli benzin bozor narxlarida baholanadi. Uni kimlar sotib oladi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyundagi «Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi» 633-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil 15 avgustdan boshlab Ai-91 rusumli avtomobil benzinining chakana narxi birja savdolari orqali belgilanadi.

«O‘zRTXB» AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari Ai-91 rusumli benzinni sotib olish uchun ochiq birja savdolarida ishtirok etishadi. Birja savdolarida narx bozor qoidalari asosida, talab va taklifdan kelib chiqqan holda erkin o‘rnatiladi.

«O‘zRTXB» AJ birja bozorida Ai-91 benzinini sotib oluvchilari qatoriga avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan tashqari, benzinni o‘z ehtiyojlari uchun xarid qiladigan boshqa yuridik shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik sub'yektlari ham kiradi. Neftni qayta ishlash zavodlari birja savdolarida benzin sotuvchilari sifatida qatnashadi.

2019 yil 7 oy davomida «O‘zRTXB» AJning birja savdolari orqali 18,1 mlrd so‘mlik 2,9 ming tonna Ai-91 rusumli benzin sotilgan. Ai-91 benzini asosiy sotuvchi-korxonalarining boshlang‘ich qiymati benzinning bir tonnasi uchun 5828,5 ming so‘mni, o‘rtacha narxlari esa bir tonnasi uchun 6235,8 ming so‘mni tashkil etdi. Xaridorlar o‘rtasida raqobatning kuchayishi munosabati bilan Ai-91 rusumli benzinining birja savdolariga qo‘yilish hajmlarini ko‘paytirilishi kutilmoqda.

Birja savdosi orqali sotilgan tovar resurclari uchun birja kotirovkalari haftalik asosda belgilanadi va har dushanba kuni soat 17:00 gacha «O‘zRTXB» AJ saytida e'lon qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AI-91 rusumli benzin bozor narxlarida baholanadi. Uni kimlar sotib oladi?