Mutasaddi izohi: «Qonun qurol sotishni osonlashtirmadi, aksincha qiyinlashtirdi...»

  • 02 avgust 2019, 21:20
  • 450
  • Jamiyat
  • Mutasaddi izohi: «Qonun qurol sotishni osonlashtirmadi, aksincha qiyinlashtirdi...»
    2 avgust kuni Adliya vazirligida «Qonunchilikdagi yangiliklar» nomli brifing tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasining «Qurol to‘g‘risidagi» qonuni muhokama qilindi va OAV vakillari savollariga javob berildi. Unda qator jurnalistlar, Milliy gvardiya mutasaddi xodimlari ishtirok etdi.

    Uchrashuv avvalida qurol haqidagi qonun haqida ijtimoiy tarmoqlarda kechayotgan bahslarga e’tibor qaratildi. Mutasaddilar fikricha 2020 yil 30 yanvardan kuchga kiradigan ushbu qonun aytilganidek, quroldan bemalol foydalanishga ruxsat bermaydi, aksincha qiyinlashtiradi. Masalan, ayrim turdagi vositalar (masalan pnevmatik to‘pponchalar)ni hozirda foydalanishda hech qanaqa yo‘riqnoma va majburiyatlar yo‘q, qonun kuchga kirishi bilan ular maxsus ruxsatnomalar orqali beriladi.

    «Ilgari qurol olish uchun ovchilar uyushmasiga murojaat etish kifoya edi, sport do‘konlaridan pnevmatik qurollar olish mumkin edi. Endi qonun bilan bu vakolat Milliy gvardiyaga o‘tkazildi. Qurolning egasi ham uni olib yurishga layoqatlimi bu ham qattiq tekshiriladi» deyiladi izohda.

    » » Mutasaddi izohi: «Qonun qurol sotishni osonlashtirmadi, aksincha qiyinlashtirdi...»