06:00 / 03.08.2019
2 407

Qurol olishda kerak bo‘ladigan tibbiy ma’lumotnoma qay tartibda qo‘lga kiritiladi?

Qurol olishda kerak bo‘ladigan tibbiy ma’lumotnoma qay tartibda qo‘lga kiritiladi?
O‘zbekiston Respublikasining «Qurol to‘g‘risidagi» qonuni yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Ushbu qonunga ko‘ra fuqarolar doimiy yashash joylari bo‘yicha bir qancha hujjatlarni Milliy gvardiya organlariga taqdim etishlari lozim. Jumladan pasport, ovchilar uyumasidan ruxsatnoma, quroldan xavfsiz foydalaish bo‘yicha bilimi tekshiruvdan o‘tkazilganini tasdiqlovchi hujjat.

Shuningdek, fuqaro o‘z tibbiy holati haqida ma’lumotnoma ham topshiradi.

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi nazorat-ruxsat berish faoliyati bo‘limi bosh inspektori Alisher Musayevning ma’lumot berishicha, fuqaro o‘qotar ov qurollariga ruxsatnoma uchun ruhiy-asab kasalliklari va narkologiya dispanseridan va poliklinikalardan ushbu muassasalarda ro‘yxatda turmasligi haqida ma’lumotnoma olishi shart bo‘ladi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirligiga qonun kuchga kirgunga qadar qurol berish mumkin bo‘lmagan kasalliklar ro‘yxatini shakllantirish vazifasi yuklatilgan.

Shuningdek, qurol olish uchun ma’lum miqdorda yig‘im to‘lanishi belgilangan. Milliy gvardiya vakilining aytishicha, qonunchilikda shu vaqtga qadar bunaqa yig‘im bo‘lmagan. Hozirda Moliya vazirligi bilan shu ish ustida ishlanmoqda, yig‘im miqdori hozirda aniq emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qurol olishda kerak bo‘ladigan tibbiy ma’lumotnoma qay tartibda qo‘lga kiritiladi?