17:20 / 03.08.2019
4 279

Xonadon quyonxonasiga nima yashirilgan edi?

Xonadon quyonxonasiga nima yashirilgan edi?
Bojxona xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tezkor tadbir davomida fuqaro X.N.ning Zangiota tumanidagi xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshirildi. Natijada, fuqaro xonadonidan 1 tup nasha o‘simligi parvarishlanayotganligi va hovlidagi quyonxonada esa 44,23 gramm marixuana giyohvandlik vositasi yashirib qo‘yilganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurash bo‘limi xodimlari Do‘stlik tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida tumandagi fermer xo‘jaliklaridan birining dala maydoni hududidagi ariq yoqasida yovvoyi holda o‘sayotgan bo‘yi 1-1,5 metrli yashil rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidli 355 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligi o‘sayotganligi aniqlandi.

Voqea joyida mazkur o‘simliklardan 2 tupi xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olinib, qolgan 353 tupi esa belgilangan tartibda yo‘q qilindi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xonadon quyonxonasiga nima yashirilgan edi?