17:43 / 03.08.2019
2 743

Tamaki qutisiga yashirilgan og‘u

Tamaki qutisiga yashirilgan og‘u
Giyohvand va psixotrop moddalarni noqonuniy olib o‘tish holatlarini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga qaramay, bu kabi salbiy harakatlar hamon kuzatilayotgani achinarlidir.

Jumladan, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaro K.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilarda bejiz shubha uyg‘otmagan ekan. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Ushbu fuqaro xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, egnidagi kiyimlarining cho‘ntagidagi tamaki qutisida 50 dona “Tramadol” nomli tabletkalar borligi ma’lum bo‘ldi.

Shunga o‘xshash yana bir holat. Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Jartepa” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro M.J. belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida ushbu shaxsning yuklari orasida bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 40 dona “Tramadol” tabletkalari borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tamaki qutisiga yashirilgan og‘u