08:18 / 04.08.2019
6 317

Xorazmda "Qovun sayli" festivali o‘tkaziladi

Xorazmda "Qovun sayli" festivali o‘tkaziladi
An’anaviy Qovun sayli 11-13 avgust kunlari Xiva shahridagi “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida bo‘lib o‘tadi.

Xorazm qovunchiligini keng targ‘ib qilish va bu orqali mahalliy hamda xorijiy sayyohlar e’tiborini jalb etish maqsadida Xiva shahrida har yili ayni qovun pishig‘ida an’anaviy tarzda qovun sayli tashkil qilinadi. Ushbu festival hududga sayyohlar oqimini oshirish, vohaning qadimiy polizchilik tajribasini, shirin-shakar poliz va bog‘dorchilik mahsulotlarining noyob tur va navlarini keng ommalashtirishga xizmat qiladi.

Joriy yilgi sayil doirasida bog‘ mahsulotlari (shaftoli, olma, uzum, nok va quruq mevalar) hamda qovun-tarvuzlar ko‘rgazmasi ham tashkil etiladi. Bundan tashqari, mazkur ko‘rgazma davomida folklor-etnografik guruhlar konsertlari, yosh estrada xonandalarining chiqishlari, teatrlashtirilgan sahnalar, hunarmandchilik mahsulotlari namoyishi ham o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda "Qovun sayli" festivali o‘tkaziladi