13:28 / 04.08.2019
3 896

Shuhrat G‘aniyev: "Rishtondagi ishlar xato bo‘ldi. Bunda viloyat hokimi sifatida juda katta aybim bor, uzr so‘rayman"

Shuhrat G‘aniyev: "Rishtondagi ishlar xato bo‘ldi. Bunda viloyat hokimi sifatida juda katta aybim bor, uzr so‘rayman"
Foto: XPK
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Rishton tumaniga borib, mahalliy aholi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida viloyat hokimi tumanda olib borilgan buzilish ishlarida yo‘l qo‘yilgan xatolar uchun kechirim so‘ragan.

—Ochig‘ini aytaman, bu xato bo‘ldi. Bunda avvalo viloyat hokimi sifatida meni juda katta aybim bor. Bunday xatolar O‘zbekiston sha’niga, xususan, shunday ulkan bunyodkorlik ishlarini olib borayotgan davlat rahbari sha’niga putur yetkazmasligi kerak. Sizlar bilan qo‘pol muomalada bo‘lingan bo‘lsa, buning uchun shaxsan o‘zim ta’zim qilib, uzr so‘rayman. Lozim topsalaring, kechiringlar.

Toshloq tumani ahlini haqorat qilgani bilan tanilgan G‘aniyevning ta’kidlashicha, “O‘zbekiston fuqarosini kamsitishga hech kimga vakolat berilmagan”.

Foto: XPK
Viloyat hokimi “snos”lar masalasida xatolarga yo‘l qo‘ygani uchun viloyat qurilish boshqarmasi boshlig‘i, Rishton tuman hokimi, uning ikki o‘rinbosari, kadastr, soliq idorasi mas’ullari ishdan olinganini ma’lum qilgan. Hozirda buzilayotgan markaziy dehqon bozori hududi avvalgi 25 sotix o‘rniga 2 gektarga yetgani, savdo nuqtalari soni esa 140 ta o‘rniga 250 taga borishi, bozor yaqinida xalqaro avtovokzal qurilishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2-avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida joylardagi buzilish ishlarida zo‘ravonlik siyosatini qoralagan va bunga yo‘l qo‘ygan hokimlar, xususan, Shuhrat G‘aniyevning harakatlarini xiyonat sifatida baholagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shuhrat G‘aniyev: "Rishtondagi ishlar xato bo‘ldi. Bunda viloyat hokimi sifatida juda katta aybim bor, uzr so‘rayman"