Kecha, 3 avgust kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi, “Haj-2019” ishchi guruhi rahbari J.Akramov hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U.Alimov Arafot maydoni, Mino vodiysi va Muzdalifadagi tayyorgarlik jarayonini ko‘zdan kechirishdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dastlab, Arafot maydonida o‘zbekistonlik hojilar uchun ajratilgan xayma(chodir)lar ko‘zdan kechirilib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
E’tiborli jihati, o‘tgan yillardagidan farqli ravishda, bu yil o‘zbekistonlik hojilar qo‘nim topadigan Arafot maydonidagi xaymalarni salqinlashtirish maqsadida hamkor shirkat tomonidan jami 175 dona yangi, zamonaviy konditsioner o‘rnatilmoqda.
Shuningdek, mas’ullar Mino vodiysida ham bo‘lishdi. Avvallari oshxona va tahoratxonalar soni bitta bo‘lgan bo‘lsa, bu yil ularning soni ikkitaga ko‘paytirilib, jami uchtani tashkil etadi, ayollar va erkaklar uchun alohida tibbiyot xonalari xizmat ko‘rsatadi.
“Mas’ullar shom qorong‘usida, Muzdalifa maydonida o‘zbekistonlik hojilar uchun ajratilgan maxsus joyni ham aylanib chiqishdi. Bu yilgi hojilarimiz uchun mazkur kenglikda ham yangi qulayliklar muhayyo qilinganini ko‘rish mumkin. Jumladan, bu yil bahavo, keng, tekis joy ajratilgani, albatta, Arafot maydonidan qaytgan hojilarimizga orom maskani o‘laroq, xizmat qilishi haqiqat.
O‘z navbatida, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi, “Haj-2019” ishchi guruhi rahbari J.Akramov hamkor shirkat mas’ullariga joylardagi shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, hojilarimizga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga muhim taklif va tavsiyalarni berdi”, - deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?