20:39 / 04.08.2019
3 171

Qoraqalpog‘istonda kiyiklarni noqonuniy ovlagan brakonerlar qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘istonda kiyiklarni noqonuniy ovlagan brakonerlar qo‘lga olindi
Foto: «O‘zA»
Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani hududida o‘tkazilgan reydda ovlanishi man qilingan yovvoyi hayvonlarning noqonuniy ovlagan brakonerlar aniqlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Taxtako‘pir tumani «Qo‘ng‘irotko‘l» OFY hududidan ketayotgan UAZ-469 avtotransporti to‘xtatilib, tekshirib ko‘rilganda fuqarolar M.D., T.M., A.J. va Q.Q.lar 3 ta jayron kiyigini otib o‘ldirgani aniqlangan. Tekshiruvlar IJ-58 2x12 kalibrli № R-05351 ov miltig‘i fuqaro Q.Q.ga tegishli ekanligini aniqlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi avtomashinani, ov miltiqlarini, projektor, o‘qlar hamda 3 ta o‘lik holdagi jayron kiyiklar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘ygan.

Hozirda brakonerlar tomonidan tabiatga keltirilgan ziyon miqdori aniqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istonda kiyiklarni noqonuniy ovlagan brakonerlar qo‘lga olindi