6 645
Andijon viloyati hokimligi: Xonoboddagi yig‘ilish haqida «shoshilinch xabarnoma» surati soxta
Andijon viloyati hokimligi bugun, 4 avgust kuni hokim Shuhrat Abdurahmonov imzosi bilan tarqalgan, Xonobod shahridagi qurilish shtabida yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risidagi «Shoshilinch xabarnoma» surati haqiqiy emasligini ma’lum qildi.
«Viloyat hokimligidagi har bir xujjat, joylarga ijro uchun yuborilishidan oldin, ro‘yxatga olinib, maxsus daftarga qayd etib boriladi. Biroq maqolada ko‘rsatib o‘tilgan «Xabarnoma» hokimlik tomonidan ro‘yxatga olinmagan va qayd etish daftarchasida majud emas.
Aynan 4 avgust kuni Xonobod shahrida hech qanday yig‘ilish bo‘lib o‘tmagan, hech qanday hasharchilar kelib majburiy mehnatga jalb etilmagan. Viloyat hokimligi, ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan «Xabarnoma»da viloyat hokimi imzosi bilan berilgan xabarlarni yolg‘on deb biladi va butunlay inkor etadi», – deyiladi rasmiy bildirishda.
Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda haqiqatan ham Xonobod shahrida 38 gektar maydonda bir vaqtning o‘zida 3 ming nafar mijozni qabul qilish imkoniyatiga ega 1000ta dala-hovli, ochiq va yopiq suv havzalari, milliy choyxona va zamonaviy restoranlar, sport maydonlari – umuman, dam olish uchun barcha sharoitlarga ega turistik zonani barpo etish uchun qurilish ishlari va hudud infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida elektr energiyasi, ichimlik suvi, tabiiy gaz trubalarini tortish kabi keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
«Hozirgi kunda Xontog‘ hududida qurilayotgan 2 sotixdan iborat dala-hovlilar Andijon viloyati hududidagi quruvchi tashkilotlar, tadbirkorlar va ishbilarmonlarga o‘z mablag‘lari evaziga, o‘zlari istagidagi loyihalar asosida qurish uchun yer uchastkalari Xonobod shahar hokimligi tomonidan ajratib berilgan. Shu bois mazkur qurilish ishlariga hech qanday korxona tashkilot va byudjet tashkilotlari xodimlari jalb etilmagan», – deya qayd etilgan rasmiy axborotda.
Andijon viloyati hokimligi Xonobod shahridagi qurilish ishlari bilan tanishish istagini bildirgan barcha OAV hodimlarini, internet jurnalistlari va blogerlarni Xonobod shahriga kelib qurilish jarayonlari bilan tanishishga taklif qilgan va yaqin kunlarda bu yerdagi bunyodkorlik ishlarini keng ommaga yoyish maqsadida press-tur tashqil qilinishini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»