06:35 / 05.08.2019
3 238

Kuchishlatar tuzilmalar isyonlarni bostirishni mashq qilishmoqda (video)

Kuchishlatar tuzilmalar isyonlarni bostirishni mashq qilishmoqda (video)
1-3 avgust kunlari Respublika miqyosida birinchi marotaba Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i rahbarligida Kuchishlatar tuzilmalarning hamkorlikdagi amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazildi.

Unda barcha viloyatlardagi Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirok etdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Katta masshtabdagi o‘quv mashg‘ulotlari dastlab videoselektor tarzida o‘tkazildi. Shundan so‘ng, har bir harbiy okrug kesimida Kuch tuzilmalarning hamkorlikdagi amaliy mashg‘ulotlariga start berildi.

Markaziy harbiy okrugning Navoiy, Samarqand hamda Jizzax gornizonlarida “Zarba”, “To‘lqin” hamda “Qalqon” operatsiyalari o‘tkazildi.

“Zarba” operatsiyasida DXX tezkor guruhi tomonidan qurolli shaxslar boshqaruvidagi mashina aniqlanib, Mudofaa, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiya tarkibidan tuzilgan yig‘ma maxsus otryad hamkorligida qo‘lga olindi.

Samarqand shahridagi “To‘lqin” va “Qalqon” operatsiyalariga Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari polkovnik Qahramon Achilov boshchilik qildi. Uchinchi kuchlar “targ‘iboti” asosida yig‘ilgan namoyishchilar qisqa fursatda tarqatildi.

Samarqand shahri Ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi tomonidan “Qalqon” operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Shahar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, blokpostlar o‘rnatildi. Shubhali ko‘ringan shaxslar mukammal tekshirilishi uchun Vaziyatlarni o‘rganish markaziga yuborildi.
[media=https://youtu.be/0YCV9Xj09Q8]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kuchishlatar tuzilmalar isyonlarni bostirishni mashq qilishmoqda (video)