07:10 / 05.08.2019
3 151

"Anjoncha spektakl-2": hokimlik yana raddiya berdi

"Anjoncha spektakl-2": hokimlik yana raddiya berdi
Kecha Xabar.uz portalida «Yurak ham bor ekan. Andijon viloyati hokimi majburiy mehnatga jalb qilish bo‘yicha shoshilinch topshiriq berdi» nomli xabar e’lon qilgan edi. Andijon viloyat hokimligi ushbu maqolaga raddiya berdi.

Hokimlik tomonidan bildirilishicha, maqolada keltirilgan hujjatlar soxta bo‘lgan. Ko‘rib chiqamiz:

«Viloyat hokimligidagi har bir hujjat, joylarga ijro uchun yuborilishidan oldin, ro‘yxatga olinib, maxsus daftarga qayd etib boriladi. Biroq maqolada ko‘rsatib o‘tilgan «xabarnoma» hokimlik tomonidan ro‘yxatga olinmagan va qayd etish daftarchasida mavjud emas. Aynan 4 avgust kuni Xonobod shahrida hech qanday yig‘ilish bo‘lib o‘tmagan, hech qanday hasharchilar kelib majburiy mehnatga jalb etilmagan. Viloyat hokimligi, ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan «xabarnoma»da viloyat hokimi imzosi bilan berilgan xabarlarni yolg‘on deb biladi va butunlay inkor etadi», — deyiladi bildirishnomada.

Albatta hokimlik OAVda chiqqan xabarga munosabat bildirgani yaxshi, ammo ko‘rib turganingizdek, raddiya javobdan ko‘ra yangi savollarni ko‘proq keltirib chiqaradi. Xususan, bizni ham quyidagi gaplarga ishongimiz keladi:

«Yuqoridagilarga asosan bu kabi uydirma xabarlar, Andijon viloyati hokimligi va hokimini obro‘sizlantirishga qaratilganini inobatga olib, viloyat hokimligi ushbu xabarni feyk va yolg‘on xabar deb qabul qilishni so‘raydi. Andijon viloyati hokimligi Xonobod shahridagi qurilish ishlari bilan tanishish istagini bildirgan Respublikamizdagi barcha ommaviy axborot vositasi xodimlarini, internet jurnalistlari va blogerlarni Xonobod shahriga kelib qurilish jarayonlari bilan tanishishga taklif qiladi. Yaqin kunlarda viloyat hokimligi tomonidan Xonobodda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini keng ommaga yoyish maqsadida press-tur tashqil qilinishi ko‘zda tutilgan.

Andijon viloyati hokimligi o‘z hududida har qanday majburiy mehnat alomatlariga yo‘l qo‘ymaydi va buni qat’iy nazorat ostiga olgan».

Raddiya tugadi. Ajab holat: xabarnoma go‘yoki soxta? Unda manzil, makon, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar, hatto tashkilot nomlari ipga chizilgan marjonday yozilganichi? Imzo soxta deyilayotganichi? Hokimlik qancha chiranmasin, bayonot shubhalarni tarqata olmayapti. Shunday emasmi? Bu xuddiki «Andijoncha spektal»ning yangisiga o‘xshaydi.

Press-tur tashkil etib, Xonobodda amalga oshirilgan ishlarni ko‘rsatish yaxshi. Biroq shu ishlar qanday amalga oshirildi — gap shunda. Xullas, inkor etish juda oson. Ayniqsa, andijonlik amaldorlarga. Inkorga ishontirishchi?

Bir marta yolg‘oni fosh bo‘lganlarga ishonish qiyin-da. Nima dedingiz?

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Anjoncha spektakl-2": hokimlik yana raddiya berdi