08:20 / 05.08.2019
3 623

Hamma kutmoqda: Prezident topshirig‘i qachon bajariladi?

Hamma kutmoqda: Prezident topshirig‘i qachon bajariladi?
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda eng qaynagan mavzu bu shubhasiz — hokimlar masalasi.

Hammasi 2 avgust kuni kutilmaganda boshlandi. Telegramdagi «Qo‘shni mahalla» kanalida Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan selektor yig‘ilishining audiosi tarqaldi. Yig‘ilishda davlat rahbari Xorazm, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimlarini qattiq tanqid qildi va xalqni, jurnalist va blogerlarni yig‘ib, yo‘l qo‘ygan xatolari uchun kechirim so‘rashni talab qildi. Va eng asosiysi — Bosh vazir va Prezident Administratsiyasi rahbariga qaysi hokimni ishdan olish bo‘yicha taklif kiritishni so‘radi.

Shundan so‘ng bir qator blogerlar «Qaysi viloyat hokimi ishdan olinishi kerak?» mavzusida so‘rovnoma o‘tkazdilar. Taniqli bloger Xushnud Xudoyberdiyev o‘tkazgan so‘rovnomada 27 mingdan ko‘proq odam qatnashdi va eng ko‘p ovoz (45 foiz) «uchalasi ham ketsin» degan variantga berildi. «Shuhrat G‘aniyev ketsin» deganlar 21 foizni tashkil qilgan. «Uchalasi ham qolsin» degan variantga esa ishtirokchilarning o‘n foizi ovoz bergan.

«Xabar.uz»ning yana bir blogeri Nurbek Alimov o‘zining kanalida o‘tkazgan so‘rovnomada esa 12,5 ming foydalanuvchi qatnashgan. Yana ko‘p ovoz Shuhrat G‘aniyevga «nasib qilgan» — 45 foiz. Farhod Ermanov va O‘ktam Barnoyevning ketishini ko‘proq xohlayotganlar 19 foiz.

So‘rovnomalar ketidan esa yangi chellenj boshlangan — #BizKutyapmiz, #XalqKutyapti, #PrezidentKutyapti. Ya’ni, blogerlar Prezident topshirig‘iga ko‘ra Bosh vazir hamda Administratsiya rahbarining taklifini kutishmoqda.

Ha, hokimlar kechirim so‘radi. Ammo blogerlarning fikricha, Prezidentga xiyonat birgina uzr so‘rash bilan kechirilib yuborilmasligi kerak. Toki Prezidentning topshirig‘i yerda qolmasligi va boshqa hokimlarga ham o‘rnak bo‘lishi uchun ham xalqning eng ko‘p noroziligiga sabab bo‘layotgan hokim iste’foga chiqarilishi lozim.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hamma kutmoqda: Prezident topshirig‘i qachon bajariladi?