08:45 / 05.08.2019
3 081

Olmaliqda 24 yoshli yigit qarovsiz qoldirilgan Matiz’ni olib qochdi

Olmaliqda 24 yoshli yigit qarovsiz qoldirilgan Matiz’ni olib qochdi
Toshkent viloyatida avtomashinani olib qochgan shaxs ushlandi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

2 avgust kuni Toshkent viloyatining Piskent tumani Saidobod qishlog‘ida yashovchi 30 yoshli S.A IIBga murojaat qilib, shu yil 1 avgust kuni soat 07:30 dan 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs Olmaliq shahar So‘fi Olloyor mahallasida joylashgan «Olmaliq kon metallurgiya kombinati» AJga qarashli «Yangi Depo» filiali binosi oldida qarovsiz qoldirilgan Matiz rusumli avtomashinani haydab qochganligini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Gulobod ko‘chasida yashovchi 24 yoshli M.U sodir etganligi aniqlanib, u ushlangan. Avtomashina «Ulug‘bek» ko‘chasida joylashgan «Olmaliq KMK» AJga qarashli zavod oldidan texnik soz holda topilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olmaliqda 24 yoshli yigit qarovsiz qoldirilgan Matiz’ni olib qochdi